“Yangi yil “ bazmi ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi

Avval xabar berganimizdek 30 dekabr 2011 yil Nyu York shtati Brukliyn shaxrida joylashgan muhtasham «Orion Palace» restoranida «Uzbek TV New York» tomonidan tashkillashtirilgan  “Yangi yil  “ bazmi bo`lib o`tdi. Eslatib o`tamiz bu yil «UZTVNY»ni tashkil etilganiga rosa 3 yil to`ldi, shu munosabat bilan yangi yil bazmi qo`shaloq bayram bo`ldi.

Bayramni «Turkiston-Amerika» jamiyati raisi Abdulla hoji ochib berish bilan birgalikda barchani kirib kelayotgan 2012 yil bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so`ng haqiqiy bayram boshlandi. Bayramga tashrif buyurgan elimiz ardog’idagi san’atkorlar Sayfiddin Najmiddinov, Karomat Otajonova, «DJ JozeF» va so`ngi kunlarda Michael Jacksonning shogirdi deya shov-shuvlarga sabab bo`layotgan Jamshid Toychievning chiqishlari mehmonlar ko`ngliga bayramona rux baxsh etdi.

Bundan tashqari bayram dasturi mehmoni respublikamizdan tashrif buyurgan hushovoz honanda san’at ta`biri bilan aytganda «Toshkentning tanti qizi» Dilfuza Ismoilova o`zining kuy va qo`shiqlari bilan tashrif buyurganlarga yangi yilni yanada go`zal va unutilmas bo`lib qolishini ta`minlab berdi. Bayramni barchamiz uchun yaxshi tanish bo`lib qolgan Shaxriyor Amonov olib bordi.

Bu yil «UZTVNY»ning 3 yillik to`yi munosabati bilan «UZTVNY» bilan hamkorlikda izlanishlar olib borayotgan bir qancha hodimlari «certifikat»lar bilan taqdirlandilar. Jumladan Sh.Amonov, E.Abdullaev, J.Ibadov, R.Rabbimov va kechamiz mehmoni bo`lmish Dilfuza Ismoilova ham «UZTVNY» esdalik sovg’asi va «certifikati» bilan taqdirlandi.

Eng qizigi shundaku kechaga tashrif buyurganlarni tabriklash uchun «A-Z» kompyuter kompaniyasi xodimi Mr.  John Contehni tabrik so`zi bo`ldi. Xozirda «UZTVNY» bilan hamkorlikda ish olib borayotgan AQShlik mahalliy fuqaro Mr. J.Conteh barcha mehmonlarni sof uzbek va rus tillarida tabrikladi. Buni qarang ,Mr. J.Contehni bizning xodimlar o`zbek tiliga xam o`rgatishibdi.

Albatta bayram sovgàsi bilan degandek bayramga tashrif buyurgan har bir mehmon «Uzbegim» jurnalining yangi sonini sovgà sifatida qabul qilib olishdi. Xulosa qiladigan bo’lsak, yangi yil bazmi o`tgan yillarga qaraganda anchagina o’zgarishlar bo’lganligiga guvoh bo’ldik. Mana shunday kechani tashkil qilishda homiylik qilgan «Khaymans Group», «Atlantic Express», «MoneyGram», «Qashqar» va «Afsona» cafesiga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shu bilan birga «UZTVNY» prezidenti Nargiza Masharipova va bosh direktori Ilhomjon Kenjaboevlarga ham alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Negaki, konsert mashaqqatlaridan qochishmasdan xalqimizni ma`naviy hordiq chiqarishlarini va mana shunday ajoib kechalar uyushtirib bayram dasturxonini yozishning o’zi katta gap. Yana bir karra barchangizni kirib kelgan Yangi 2012 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Bayramning to`liq video qismini tez kunlarda «UZTVNY» telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin bo`ladi.

Gallery not found. Please check your settings.

One Response to “Yangi yil “ bazmi ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi

  1. «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super «Uzbek NY TV» Super

You must be logged in to post a comment Login