Dilfuza Ismoilovaning Nyu Yorkga tashrifi (Video)

2011 yil 18 dekabr kuni elimiz suygan go’zal, betakror aktrisa va hozirgi kunda dunyo miqiyosida ko’plab muhlislariga ega bo’lgan shirali ovoz sohibasi Dilfuza Ismoilova birinchi marotaba Nyu York shahriga tashrif buyurdi. O’zbek  elida, Toshkentning sho’x qizi bo’lib tanilgan Dilfuza Ismoilovani “Uzbek TV NY” telekanali ijodkorlari o’zgacha bir ruh bilan Nyu Yorkning halqaro John F Kennedy airoprtida kutib olishdi. Dilfuza Ismoilova o’zbeklarga salom yo’llash bilan birgalikda, AQSHda istiqomat qilayotgan barcha o’zbek halqini Yangi 2012 yil bilan tabriklab, “Uzbek TV NY”  ijodkorlari tomonidan uyushtirilayotgan “Uzbek TV NY”ning 3 yillik bayram to’yiga va YANGI-2012 yilni birgalikda ko’tarinki kayfiyatda kutiib olishga taklif etdi! Avval habar berganimizdek Yangi yil bazmi 30 dekabr kuni soat 8:00 da «Orion Palace» restoranida bo’lib o’tadi, bazmimizning aziz mexmoni bo’ling va bir qator san’atkorlarimiz ijodidan baxraman bo’ling! Sizlarni kutib qolamiz!

(«Orion Palace» Restorant manzili: 2555 McDonald Ave Brooklyn, NY11223)


 

 

 

 

 

 

4 Responses to Dilfuza Ismoilovaning Nyu Yorkga tashrifi (Video)

  1. Dilfuza Ismoilovani aktrisalik mahoratlariga tan berganmiz lekin qo’shiqchilik mahoratlariga ham qoyil qolib kelmoqdamiz, konsetrda ko’rishamiz nasib bulsa.,.,.,.,.

  2. Dilfuzaopa hush kelibsiz NEW YORK shahriga konsert dasturini intizorlik bilan kutamiz ILHOM aka sizga kotta rahmat ustozim bilan uchrashtirganizga UZBEK tv ga hamisha omad yor bolsin.

  3. Salom Dilfuz opa. men rasmingizni kordim videogizni kordim prosto super. men 100% bilan koncert dahshat boladi. tepada nilufar opa aytgandek Ilhom aka otkazgan koncert prosto super boladi. men lichno koncert 100$ bolsayam men koncertda birinchi bolib boraman. UZ TV NY ga omad Ilhom aka shunday tuting. :-}

  4. Дилфуза опа, ижодизга янада омад. Ўзбек санатини жахон миқёсига олиб чиқишда хормай — толмай мехнат қилишизга оллох мададкор бўлсин !

You must be logged in to post a comment Login