“O’zbekistonni kashf et”

Turkiston Amerika Assotsiatsiyasi hamda “Silk Road Treasure Tours” jamiyati 8-dekabr kuni Nyu-Jersi shtatida “O’zbekistonni kashf et” nomli madaniy tadbir o’tkazmoqda. Kechada o’zbek madaniyati, raqsi va musiqasi namoyish etilib, ishtirokchilarga milliy taomlar tortiq qilinadi.

Kechada raqqosa Zamira Salim va boshqa raqqosalar o’zbek milliy raqsini namoyish etadi. Milliy kiyim-kechaklar, gilamlar, zargarlik buyumlari hamda O’zbekiston suratlari aks etgan fotogalereya tadbir ko’rgazmasiga qo’yiladi.

Tadbirda ishtirok etishni istaganlar skwaja50@yahoo.com elektron pochta manzili orqali yoki 908-719-7676 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, bu haqda ma’lumot qoldirishlari so’raladi.

Manzil: 4 Princeton Ave, Dover, NJ 07801

You must be logged in to post a comment Login