Yurtdoshimiz Aziz Roziqov vafot etdi!!!

O’lim xayol emas, erur haqiqat. Bugun butun dunyo musulmonlari qurbon hayiti bayramini nishonlashmoqda, shu o`rinda AQSHda istiqomat qilib kelayotgan Yurtdoshlarimiz ham bundan mustasno emas albatta. O`zining 29 bahorini qarshilagan, Toshkent shahrida tug`ilgan, AQSHda “Truck” haydovchisi bo`lib ishlagan Aziz Roziqov bugun hayotdan bevaqt ko’z yumdi.

Biz shu o`rinda Aziz Roziqov oila-a`zolari hamda yaqinlariga chuqur ta`ziyamizni bildiramiz.
Joying jannatda bo`lsin Aziz!!!
 Aziz Roziqovning janozasi 27 oktabr soat 12-00 pm.da “American Turkish Eyup Sultan” masjidida (manzil: 2812-14 Brighton 3rdStreet, Brookly NY 11235 ) bo`lib o`tadi.

Aziz Roziqovning janozasi haqida batafsil ma`lumotlarni saytimiz orqali yoritib boramiz.

Ajal kelsa demaydi u yosh,bu qari,
O’limni totguvchi tirik jon bari.
O’limga yaqinmiz ulg’aygan sari,
 O’lim xayol emas, erur haqiqat.

Uzbek TV New York

Donate for Aziz Roziqov


You must be logged in to post a comment Login