Navbat «Uchquduq» guruxiga!!!

 

Shu kunlarda New York shaxri butun jahon bo`ylab estrada yulduzlari uchun o`z eshiklari ochib bergan. Sababi siz-u bizga ma`lum albatta. Xabarangiz bor 2011 yil 3 dekabr New Yorkning Brooklyn shaxrida bo`lib o`tadigan taqdimot marosimiga ishtirok etish uchun

Ziyod Ishanxodjaev  boshchiligidagi «Uchquduq» guruxi a’zolari bugun 30 noyabr 2011 yil New York vaqti bilan  soat 17-00 da Amerika qo`shma shtatlariga tashrifini amalga oshirdi. Ushbu gurux a`zolari «Uzbek TV NY» telekanali ijodkorlari tomonidan iliq kutib olindi.

Aksariyat musiqa shaydolari «BIG APPLE MUSIC AWARDS FOUNDATION 2011» taqdimot
marosimiga «Uchkuduk» guruhini tashrifiga shubxa bilan qarashgan edi. Muxlislar orasida «Uchquduq» guruxi taqdimot marosimiga yetib kelaolmasligi xaqida uzuq-yuluq gaplar tarqalgan edi. Lekin ko`rib turganingizdek «Uchquduq» guruxi a`zolar barchasi tashrif buyurishgan va ularning kayfiyati a`lo daraja va
ishonib aytamizki ularning chiqishlari soginib kutgan muxlislar ko`ngliga oro
bag`ishlaydi deydi — biz bilan suhbat chogìda UzTVNY telekanali bosh direktori
Ilhom Kenjaboev.

Demak barchasi risoladagidek va «Uchkuduk» muxlislarini taqdimot marosimida
kutib qolamiz.

Shahriyor Amonov

One Response to Navbat «Uchquduq» guruxiga!!!

  1. Assalomu alaykum Uchkuduk! Hush kelibsis!!! Welcome US of America!!!

You must be logged in to post a comment Login