» UZBEGIM » — Popular Magazine #1

«Uzbegim» Popular Magazine.
Circulation: 5000
Price: $ 1.
Only Domestic Shiping (USA, Canada): $ 2.
Pages: 28.
Hi Quality Glossy.
Full Color.
Monthly Magazine.
American Standart: 8.5 X 11.5 inch.
Language : Uzbek, English, Russian.
Published by Uzbek TV New York,Inc. 2011 Copyrght. All rigths reserved.
President: Nargiza Masharipova.
CEO Chairman: Ilkhomjon Kenjabayev.
Editor in Chief:  Ilkhomjon Kenjabayev.

Executive Editor: Surhon Buriev.


Jonajon O’zbegim Vatan – ona kabi muqadas. Uning bir kaft tuprog’ini dunyo javharlariga alishib bo’lmas. U biz tug’ilib o’sgan go’sha, otamiz nafas olgan yurt, onamiz orom topgan muqaddas zamindir. Necha-necha asrlar osha ajdodlarimiz Vatan nomini ulug’lash, yuksaklarga ko’tarish yo’lida jon fido etganlar. O’zbekiston – bobolarimiz uning sha’nini ko’z-qorachig’iday asrab, to’kis holicha bizga meros qoldirgan. Bugun har bir farzand uining nomini faxr bilan tilga oladi. Qalbida tuygan g’ururdan dunyolarga sig’may ketadi. Biroq hali oldimizda qilajak ishlarimiz, ulkan maqsadlarimiz ko’p Bundan ikki yil avval AQSH da o’zbek xalqi nomini jahon sahnalarida barralla aytish maqsadi yo’lida «Uzbek TV New York” telekanali, keyinchalik esa «Uzbegim” radiosi tashkil etilgandi. Biroq bugunga kelib, ushbu yo’lda yana bir xayirli ish amalga oshirildi. Ya’ni Amerika diyorida ilk o’zbek oynomasi, «O’zbegim” jurnali chop etila boshladi. Ota-bobilarimizning ushalmay qolgan orzularini ro’yobga chiqarish, ular tamal toshini qo’ygan xayirli ishlarni davom ettirish hamisha avlodlar oldida turgan ulkan vazifadir. Bunday sharafli yo’lda, mehnat qilish har bir o’zbek farzandi ruhiga quvvat, vujudiga huzur bag’ishlaydi. Shu boisdan O’zbekiston nomini doimo iftixor bilan tilga olamiz. Biz millat uchun yashaymiz. Har birimiz buyuk O’zbek xalqining bir va’kili ekanligimizdan faxrlanamiz. Biz avlodlar xalqimizning ming yillarga teng tarixiy madaniyati va ma’naviyatini butun dunyoga keng yoyish uchun bor kuch-g’ayratimiz bilan tinmay xizmat qilamiz.

O’zbegim Jurnalini Sotib Olish:
Buy Uzbegim Magazine:
Shiping Only Domestic (USA, Canada)

Magazine Qty:


      

You must be logged in to post a comment Login