Og’abek Sobirovning Amerikadagi yana bir konsert q’alabasi

10 sentyabr kuni New-Yorkning Kvins shaxridagi «Da Mikelle Palace” restaranida Uzbek tv New-York telekanali yurtimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab katta konsert dasturini namoyish qildi.

      

Konsert shu vaqtgacha bo’lib o’tgan konsertlar ichida eng fayzli va esda qolarli konsert bo’ldi. Kechaning dastlabki lahzalarida yurtimiz madhiyasi yangradi. Madhiyamizni kechada tashrif buyurgan barcha vatandoshlarimiz qalblarida hayajon bilan o’rinlaridan turib qo’llarini ko’ksiga qo’ygan holda hurmat bilan tingladilar.

So’ngra saxnaga «Amerika Turkiston” jamiyatinig raisi Abdulla Xo’ja taklif qilindi. Abdulla Xo’ja aka barcha vatandoshlarimizni mustaqilligimizning 20 yillik to’yi bilan tabrikladi va kechani ochiq deb e’lon qildi.

         

Saxnaga birin ketin estrada yulduzlari taklif qilindi. Dastlab saxnada Karomat Otajonova, Jamshid To’ychiev, Sitora Axmedova, Shaxriyor,

         

Zoda, Nargis va yana birqator istedodli xonandalar qo’shiq kuylab barchani xursand qildilar.

         

So’ngra saxnaga jannatmakon O’zbekistonimizdan tashrif buyurgan xush ovoz xnandalar «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” Xorazm bulbuli Og’abek Sobirov hamda, istedodli kino aktiyor, estrada yulduzi Anvar Sobirov taklif qilindi.

Birinchi bo’lib saxnaga Anvar Sobirov chiqib keldi. U yuzida tabassum bilan sho’x qo’shiqlar kuylab barchani raqsga taklif qildi. Uning sho’xchan qo’shiqlariga kechada raqsga tushmagan inson qolmadi.

Barchani yuzida tabassum. Kechaga tashrif buyurganlar konsertdan nihoyatda mamnun edilar. Bayramona dasturxon, o’yin kulgu barchaning ko’nglini shod ayladi. Raqsga tushayotganlar hali davrani tark etmasidan, suxandon saxnaga «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” Xorazm bulbuli Og’abek Sobirovni taklif qilar ekan zalda to’xtovsiz qaarsaklar sadosi eshitildi.

Og’abek Sobirov davomiy olqishlar bilan saxnaga chiqib keldi va barcha vatandoshlarimizni yurtimiz mustaqilligining 20 yilligi bilan tabrikladi. Xonanda avval vatanni madh qilguvchi qo’shiq kuylab so’ng raqsinkor qo’shiqlarga navbatni berdi.

Davra raqsga tushayotgan mexmonlar bilan liq to’la. Xonandamiz muxlislar orasiga tushib keldi. Ular orasida xush ovoz xonanda Avram Tolmasov ham bor edi.

Avram aka xursandchiligidan Xorazm bulbuli Og’bek Sobirov bilan raqsga tushib ketdi, hattoki xonandamiz bilan birga qo’shiq ham kuyladi. Birqancha sho’x qo’shiqlardan so’ng Og’abek Sobirov qo’liga tor olib mikrafonsiz jonli ovozda qo’shiq kuylab barchani yana bir karra lol qoldirdi.

Kecha yakunida konsert xonandalarimiz va boshqa konsert tashkilotchilari «Uzbek tv New-York” telikanali tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Umuman olganda Amerikadagi vatandoshlarimiz ushbu konsert dasturidan mamnun bo’lib ketdilar.

Sardorbek Ro’ziev

 

 

 

You must be logged in to post a comment Login